Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar quyidagilar uchun 40 foizgacha miqdorda belgilanadi:
– tarbiyaviy jarayonning amalga oshirilish sifati va samaradorligiga;
– sinfdan tashqari ishlarga hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga;
– tegishli sinflar va oʻquv fanlari uchun tasdiqlangan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalar toʻliq hajmining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirib olinishi darajasiga;
– oʻquv jarayoniga qoʻshilgan aniq hissa, oʻqitishning yuqori samaradorligi va sifati uchun.
Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
Kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.
Psixolog xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplangan umumiy ballari boʻyicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
65 — 75 ball toʻplasa — 10 foiz;
76 — 85-ball toʻplasa — 15 foiz;
86 — 100 ball toʻplasa — 20 foiz.
Umumtaʼlim muassasalari pedagog, kutubxona va psixolog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.