Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug’i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2025-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
2024-yilda kvota 1250 ta etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 1500 taga yetgan.
Tanlov va nomzod pedagoglarni saralashning birinchi bosqich — test sinovlari uchun fan spetsifikatsiyalari quyidagi fayllarda:
Texnologiya (servis)
Tasviriy san’at va chizmachilik
Informatika va axborot texnologiyalari
