Maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etiladi

Maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari joriy etiladi

2024-yil 7-avgust kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻqituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisida»gi 246-sonli buyrugʻi qabul qilindi.

 

 

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari joriy etiladi.

 

 

“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” tadbirlarida mentor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadigan fan o‘qituvchilariga asosiy ish joyi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktor jamg‘armasi hisobidan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.