2025-yildan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotining yangi tartibi joriy etiladi

2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarish amaliyotining yangi tartibi joriy etiladi. Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (28.12.2024-y.) qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan:

 

– o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va diplom oldi amaliyoti o‘rniga yagona ishlab chiqarish amaliyoti tizimi joriy etiladi;

 

– ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydigan o‘quvchilarga tegishli tashkilotlardagi malakali mutaxassislar “ustoz” sifatida biriktiriladi;

 

– o‘quvchilarning amaliyot jarayonida egallangan amaliy ko‘nikmalarini ish beruvchilar bilan birgalikda baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

Shuningdek, qaror bilan “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ham tasdiqlandi.

 

 

Nizom:

 

➖amaliyot dasturlarini tegishli tarmoq va soha korxonalari (tashkilotlari) bilan kelishilgan holda ishlab chiqish hamda tasdiqlash;

 

➖amaliyotni tegishli tarmoq va soha korxonalarida (tashkilotlarida) tashkil etish;

 

➖kasbiy ta’lim tashkilotlari va ish beruvchilarning amaliyotlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalarini belgilaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры