Kogon tumanida 15 yoshli oʻquvchi noqonuniy ravishda avtomobil boshqarib, yoʻlovchini urib yuborishi oqibatida 32 yoshli ayol ogʻir jarohat olgan va bir hafta oʻtib vafot etgan. Bu haqda Buxoro 24 telegram kanali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko’ra, holat qalin tuman sharoitida “Damas” avtomobilida sodir boʻlgan. Voyaga yetmagan bolaga mashinani ishonib topshirgan qarindoshlarga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishi kutilmoqda.