Advokat Muxriddin Shamsiddinov ushbu holatdan norozi bo‘lgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berganligini ma’lum qilgan edi.
“Joriy yil iyul oyida yuridik yo‘nalishlarga imtihon topshirgan abituriyentlarga moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga “qamaladi” kabi) savollar tushgan.
Universitetda o‘qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qat’iy man etardi. Ya’ni biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo‘q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo‘lmaydi.
Bugundan advokat sifatida ishga kirishdim. Hozir Toshkent tumanlararo ma’muriy sudidaman. Ish bilan tanishish va OAVni jalb etish bo‘yicha sudga iltimosnoma taqdim etaman”, – deb munosabat bildirgandi advokat Shamsiddinov o’zining telegramdagi sahifasida.
Joriy yil 4-yanvarda Muxriddin Shasiddinov “abituriyentlar sudda yutqazdi” deya telegramdagi sahifasida post qoldirdi.
“Abituriyentlar sudda yutqazdi! Ish tafsilotlariga toʻxtalmayman, kerakli faktlarni yuqori sudga taqdim etadigan shikoyatimda bayon etaman. Bir kun kelib sudlarimiz chinakamiga mustaqil va odil boʻlishiga ishonaman”, – deydi advokat Muxriddin Shamsiddinov