Endi til bo’yicha milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat tashkilotlari xodimlari ustama olmaydi — Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2024 yildagi 455-son qaroriga muvofiq, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama endi to’lanmaydi.

 

 

Ushbu qarorning 8-ilova 10-bandiga ko’ra:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorining 7-band 3-xatboshisi chiqarib tashlandi.

 

 

PQ-5117-son qaror 7-band 3-xatboshisiga ko’ra:

 

2022-yil 1-yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanar edi.

 

 

Endi mana shu 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to’lanmaydi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры