Savol: Men maktabgacha taʼlim tashkilotida metodistman. Oʻqishni 2019-yili tugatib, 2020-yil ishga kirdim. Ammo hozirgacha malaka oshirishga bormaganman. Shunda ham attestatsiyada qatnasha olamanmi?
Javob: Pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi nizomga ko’ra, bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning oʻzi mustaqil ravishda soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
– pedagog kadrning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);
– qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
Pedagog kadrlardan ushbu bandda koʻrsatilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr masʼul hisoblanadi.
Eslatma! Attestatsiyada ishtirok etish uchun yuboriladigan hujjatlar orasida malaka oshirish sertifikati talab qilinmagan. CHQBT fani o’qituvchilari bundan mustasno.