Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
– umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ijod maktablari oʻquvchilari, “Temurbeklar maktablari” kursantlari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovi oʻtkaziladi va gʻoliblar munosib taqdirlanadi;
– barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, kutubxonalar, mehnat jamoalari, mahallalar va harbiy qismlarda taniqli olimlar va adiblar ishtirokida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar, adabiyot va kitobxonlik kechalari tashkil qilinadi;
– 2025-yil oktyabr oyida Samarqand davlat universitetida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlik harakatini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilinadi;
– 2025-yil noyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy-ma’rifiy xotira kechasi o‘tkaziladi.
– Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi hududini obodonlashtiriladi hamda muzey ekspozitsiyasi boyitiladi;
– Qarshi shahridagi ko‘chalardan biriga Mahmudxo‘ja Behbudiy nomini berish hamda unga bag‘ishlangan yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.