Buxoro viloyatida 12 yoshli qiz homilador boʻlgan. Bu haqida Kun.uz manbasi xabar bermoqda. U shahar perinatal markaziga olib borilgan. Manbaga koʻra, qizning homilasi 4 oylik.
Bolalar ombudsmani holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilyotgani, qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.
Shuningdek, 2021-yilda Samarqandda 13 yoshli maktab oʻquvchisi 25 haftalik homilador ekani aniqlangan. Qizning nomusiga tegib kelgan va uning homilador boʻlishiga sabab boʻlgan erkak 12-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2023-yil oʻtkazgan matbuot anjumanida yilning dastlabki 6 oyi davomida 6 nafar maktab oʻquvchisida erta homiladorlik aniqlanganini maʼlum qilgan.
