Mahbuslarni kasb-hunarga o‘rgatish dasturlari turli AQSh qamoqxonalarida tobora kengaymoqda. «Brave Behind Bars» loyihasi orqali MIT(dunyodagi yetakchi OTM lardan biri) va Georgetown Universiteti talabalari mahbuslarga dasturlash asoslarini o‘rgatib, ularga kelajakda ish topishda yordam berishni maqsad qilmoqda. Mahbuslar o‘z qiziqishlariga asoslangan veb-saytlarni yaratishadi va kursni tugatgach, sertifikat olishadi.
Mazkur dastur nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki sabr-toqat, ishonch va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. O‘qituvchi va tashkilotchilar, xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda, cheklangan texnologiyalardan foydalanib, dasturlarni amalga oshirishmoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ta’lim mahbuslarni qayta jinoyat sodir etishdan uzoqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ammo mahbuslar uchun ta’limga kirish imkoniyati hamon cheklangan bo‘lib, ko‘pchilik o‘rta maktab darajasida ham bilimga ega emas. Kurs ishtirokchilari dasturlashni o‘rganib, yangi imkoniyatlar haqida orzu qilishmoqda, ammo bu bilimni qamoqdan tashqarida amaliyotga tatbiq etish qiyinligi hamon muammoligicha qolmoqda.
Tashkilotchilar, jumladan Marisa Gets, dastur orqali mahbuslarga o‘zlariga ishonchni qaytarishga yordam berishlariga ishonch bildirishmoqda. Dastur o‘quvchilari, masalan, ayollarni reabilitatsiya qilishga bag‘ishlangan “Reentry Sisters” kabi resurslar yaratib, jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilishmoqda. Shunga qaramay, mahbuslarning ta’lim olgandan keyin ish va ijtimoiy hayotga qaytishida duch keladigan qiyinchiliklar dolzarbligicha qolmoqda.
Ushbu loyiha, o‘z murakkabliklariga qaramay, jamiyatning ijtimoiy reabilitatsiya masalalariga yangicha yondashuvlarni targ‘ib qilmoqda.
