Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun qirq gektarlik maydonda yangi oʻquv binolari quriladi

Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun qirq gektarlik maydonda yangi oʻquv binolari quriladi

Shaharda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti uchun zamonaviy majmualar ham bunyod etilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova o’zining telegramdagi sahifasida post qoldirdi. Xabarga ko’ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev ularning qurilish jarayonini koʻzdan kechirgan.

Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun qirq gektarlik maydonda yangi oʻquv binolari quriladi

 

Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetining yettita fakulteti tarqoq joylashgan. Binolarning aksariyati eskirgan.

 

 

Shu bois universitet uchun qirq gektarlik maydonda 20 ming talabaga moʻljallangan oʻquv binolari quriladi. Shuningdek, 5 ming oʻrinli yotoqxona, 300 oʻrinli bogʻcha, 616 oʻrinli maktab, 588 oʻrinli akademik litsey, sport va madaniyat saroylari, amfiteatr va boshqa inshootlarni oʻz ichiga oladi. Bir soʻz bilan aytganda, yuqori reytingli xorijiy oliygohlar tajribasi asosida “bogʻcha – maktab – universitet” yaxlitligidagi innovatsion pedagogik klaster tashkil etiladi.

 

«Bu maʼrifat maskanlari – yoshlarimizga investitsiya. Ulardagi yoʻnalishlar, dasturlar, taʼlim sifati va kasblarda Yangi Oʻzbekistonimizdagi marralar mujassam boʻlishi kerak. Bugun bilim olayotgan yoshlar kelajakda mamlakatimizni oldinga boshlaydigan, muammolarni hal etadigan “kalit”, – deydi Prezident.

 

 

Majmuada pedagog va talabalar uchun eng zamonaviy qulayliklar hozirlanadi. Darslar bir smenaga oʻtkazilishi, dual taʼlim yoʻlga qoʻyilishi evaziga oʻqish va amaliyot sifatida oʻsish boʻladi.

 

 

«Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekiston” universiteti oliy taʼlim tizimida yangi daraja boʻldi. Uning oʻquv dasturlari dunyo reytingida yuqori oʻrinda turuvchi universitetlar professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, Germaniya standartlari asosida ishlab chiqilgan.

Bu yerda oʻqish istagida boʻlgan yoshlar soni yildan yilga ortmoqda. Bugungi kunda muassasada ming nafardan ortiq talaba taʼlim olmoqda. Universitet uchun yangi madmua qurilishi uch bosqichda olib boriladi. Dastlab oʻquv obyektlari va rektorat binosi bunyod etilishi koʻzda tutilgan.

Yakunda oʻn ming nafar talabani qamrab oladigan beshta fakultet, bir vaqtning oʻzida sakkiz ming nafar talabaga xizmat koʻrsatadigan rektorat binosi qad koʻtaradi. Kutubxona, muzey, koʻrgazma zali, multimedia xonasi, sport majmuasi, suzish havzasi tashkil etiladi», – deydi Hilola Umarova.

 

 

Shuningdek, oʻqituvchilar uchun 286 oʻrinli turar joy, talabalar uchun 2 ming oʻrinli yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.

Toshkent davlat pedagogika universiteti uchun qirq gektarlik maydonda yangi oʻquv binolari quriladi