O‘qituvchilarga “kollektiv” bo‘lib, Yangi yil bayramini nishonlash mumkin emasmi?

Pedagog xodimlarga Yangi yil bayram tadbirlarini korporativ bayram va tadbirlar sifatida tashkil etish bo‘yicha hech qanday taqiq yo’q.

 

Pedagog xodimlar ham dam olish kunlarida yoki ishdan bo‘sh vaqtlarda har qanday korporativ bayram va tadbirlarda ishtirok etish huquqiga ega. Bu ularning konstitutsion huquqidir.

 

 

Pedagog xodimlar ham erkin fuqaro, shu sababdan ularning ish vaqtidan tashqari paytdagi xatti-harakatlarini cheklash, nazorat qilish mutlaqo qonunchilikka zid hisoblanadi.

 

 

Undan tashqari Mehnat kodeksining 201-moddasiga ko‘ra har kungi dam olish, boshqa dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish) hamda ishlanmaydigan bayram kunlari dam olish vaqti hisoblanadi.

 

 

Dam olish vaqti esa xodim mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘lgan va o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir. Ya’ni, dam olish vaqtini xodimlar o‘zlari istagan holda o‘tkazishga haqli.

 

 

Shu sababli, pedagog xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra Yangi yil bayram tadbirlarini korporativ bayram va tadbirlar sifatida tashkil etishi mumkin.

 

 

Ammo, bunday tadbirlarni maktab binosi yoki hududida o’tkazish mumkin emas. Chunki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgust kungi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari” bilan maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlangan.

 

 

Eslatma!  Ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish ham taqiqlangan.

 

Manba: Xalqtaliminfo.uz

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры