Farg‘onalik 17 yoshli yigit 100 % lik grant asosida Garvard universiteti talabasiga aylandi

2024-yilning 13 dekabr kuni O‘zbekiston tarixida navbatdagi kam sonli yoshlardan biri – farg‘onalik, 17 yoshli Azizbek Zaylobiddinov 100 % lik grant asosida Garvard universitet talabasiga aylandi. Bu o‘z navbatida jamoatchilikning katta olqishiga sabab bo‘ldi.

 

Bu universitet shu darajada nufuzli ekanligidan bu yerni bitirgan talabalar dunyoning istalgan mamlakatida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi va yaxshi mutaxassis sifatida tan olinadi.

 

 

Azizbekning Qalampir.uzga bergan intervyusida aytishicha, Garvard universitetiga qabul qilinish uzoq muddatni talab qiladi va akademik taraflama nomzod universitet talablariga javob bera olishi kerak. Bilimning o‘zi yetarli emasligini ta’kidlagan qahramonimiz o‘qishdan tashqari mashg‘ulotlarda ham faollik ko‘rsatish xorijdagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish ehtimolini oshirishini bildirib o‘tgan.

 

Jumladan, Azizbek SAT dan 1520 va IELTS dan 8 natijani qo’lga kiritgan.

 

 

“Garvard shunday universitetki, u bakalavr darajasida har bir qabul qilingan talabani har qanday holatda o‘qishini xohlaydi. Chunki ularda yetarli mablag‘ mavjud. Garvardga kirib olish qiyin, lekin, grant yutish muammo emas”, – deydi Azizbek

 

 

Shuningdek, Azizbekning aytishicha, o‘zbek yoshlarining bilim va salohiyati Garvardga qabul qilinish uchun yetarli, biroq universitet Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashganini inobatga olsak, birinchi navbatda oliygoh mahalliy talabalarni qabul qilishni va ularga bilim berishni ustun ko‘radi. Qolgan qismlarida esa, turli burchaklardan kelgan o‘quvchilar uchun kvotalar ajratiladi.

 

“Xitoy, Hindiston kabi davlatlardan ham yiliga 2-3 ta, oshib ketsa 4 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Universitetning maqsadi avvalo amerikalik o‘quvchilarni qo‘llash, ortgan joyga esa xorijiy talabalarni qabul qilish”, –  deydi u.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры