Pedagogik yoʻnalishda oʻqimayotgan talaba maktabda dars berishi mumkinmi?

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirining 9-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomning 50-bandiga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar oʻqishdan boʻsh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy oʻquv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin.

 

Kunning ikkinchi yarmida oʻqiydigan talabalar ishlay olmaydi, degan qoida kelib chiqmasligi kerak. Bu toifa talabalar ham oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishlashlari mumkin. Biroq pedagagik faoliyatda birqancha cheklovlar bor.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabr­dagi 275-qarori bilan tasdiqlangan ”Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi nizomning 7-8-bandlariga koʻra:

 

– Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni umumtaʼlim muassasalariga pedagog lavozimiga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Oliy taʼlim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakllarining pedagogika yoʻnalishlarida oʻqiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab oʻqishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumtaʼlim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga oʻrta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega boʻlgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

 

Shundan kelib chiqadiki, agar talaba pedagogik yoʻnalishda tahsil olsa, taʼlim muassasasida dars berishi mumkin deyiladi “Yurist xizmati” telegram kanalida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры