Bugundan o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar qabuli boshlandi

Rasman bugun (20-dekabr) dan qishki perevod uchun arizalar qabuli boshlanadi.

 

Maʼlumot oʻrnida: Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda oʻqishni koʻchirsa boʻladi.

 

 

-talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʼlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish istagidagilarga;

 

-davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

 

 

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha oflayn shaklda taqdim etiladi:

 

 

-oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);

 

-talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);

 

-pasport nusxasi;

 

-yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

 

 

Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali toʻldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

 

 

 

Qishki perevodda quyidagilar mavjud emas:

 

– Ichki perevod (bir oliygoh ichida taʼlim yoʻnalishini yoki taʼlim shaklini oʻzgartirish);

 

– Bir hudud doirasida boshqa oliygohga koʻchirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga oʻqishni koʻchirish);

 

– Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan oʻqishni koʻchirish;

 

– Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish;

 

– Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish;

 

– Xususiy oliygohlar oʻrtasida oʻzaro oʻqishni koʻchirish harakatlari;

 

– Xususiy oliygoh bilan bogʻliq har qanday oʻqishni koʻchirish jarayonlari;

 

-Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish.

 

 

IZOH: Qishki qabul jarayonlarida oʻqishni koʻchirish hech qanday maxsus imtihonlarsiz oʻtkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры