Oʻzbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Esseks universitetining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektori Vanessa Potter bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Tomonlar oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturlari, oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, mazkur universitet filialini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. «Oʻzbekistonda Britaniya taʼlim standartlarini joriy etishdan manfaatdormiz. Hozir kunda universitetning Oʻzbekistonda rasmiy filialini tashkil etish masalasi kun tartibidagi muhim masala hisoblanadi«, — dedi prorektor Vanessa Potter.
Muzokaralar yakunida mazkur yoʻnalishdagi muloqotni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Ma’lumot o’rnida: Esseks universiteti 1964-yilda tashkil etilgan. Taʼlim muassasasi Britaniya hukumatiga tegishli. Hozirgi kunda mazkur oliy taʼlim muassasasida salkam 17 ming talaba tahsil olmoqda.
Muassasada 2562 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Bu yerda talabalarga muhandislik va fizika sohalaridan tashqari biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar va IT yoʻnalishlarida saboq beriladi.