Pedagoglarning yangi toifalari bo‘yicha maoshi qachondan hisoblanadi? – Vazirlik javob berdi

2024-yilning avgust dekabr oylarida malaka sinovlarida qatnashgan pedagoglarning oylik maoshlari 16-dekabrdan boshlab yangi toifalari boʻyicha hisoblanadi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.

 

Vazirlikning 16-dekabrda eʼlon qilgan buyrugʻiga koʻra, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagoglar orasida yangi malaka toifalari quyidagicha taqsimlanadi:

 

– 5 654 nafar pedagog – oliy malaka toifasi,

– 23 987 nafar pedagog – birinchi malaka toifasi,

– 33 545 nafar pedagog – ikkinchi malaka toifasi,

– 6 099 nafar pedagog – mutaxassis lavozimiga loyiq deb topiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 48-bandiga muvofiq, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori ularning malaka toifasi yoki lavozim sertifikati asosida belgilanadi.

 

Vazirlik axborotida maoshlarning qayta hisoblanishi boʻyicha jarayon 16-dekabrdan kuchga kirganini yana bir bor eslatib oʻtilib, bu oʻzgarish pedagoglar mehnatini munosib ragʻbatlantirishga xizmat qilishini taʼkidlandi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры