Ohirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil avgust dekabr oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz, notoʻgʻri xabarlar tarqatilmoqda.
Aslida esa, Attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqilganligini hamda fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina, eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan ishtirokchilarga (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilganligini maʼlum qilindi.