Taʼlim sohasi vakillariga talab kamaygan ammo 7 ta hududda ehtiyoj yuqori – tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan mahalliy mehnat bozorida ishchi kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash uchun respublikaning 180 ta tuman va shaharlaridan jami 7 700 dan ortiq ish beruvchilar orasida soʻrov oʻtkazdi.

 

Unga koʻra, mamlakatdagi eng koʻp talab 5,8 foizlik natija bilan savdo mutaxassislari va onlayn sotuvchilariga oid ekanligi aniqlangan.

 

Nisbatan pastroq talab esa 1,2 foizlik natija bilan taʼlim muassasalaridagi xorijiy tillar (ingliz, nemis, koreys va boshqa chet tillar), matematika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilariga tegishli.

 

Respondentlarning 60 foizi taʼlim sohasida ishchilar soni ortganini qayd etishgan. Shuningdek, hisobotda hududlar kesimida taʼlim sohasi xodimlariga talab eng yuqori boʻlgan hududlar nomi ham keltirilgan.

 

Xususan, taʼkidlanishicha, Xorazm viloyatida matematika, algebra, geometriya (4,0 foiz), ingliz tili (3,9 foiz), rus tili va adabiyoti fanlari oʻqituvchilariga (2,2 foiz) falsafa, psixologik, sotsiologik, tarixiy va siyosiy fanlar boʻyicha universitet oʻqituvchilariga (1,0 foiz);

 

Toshkent viloyatida maktablarda matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (4,9 foiz);

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasida maktablarda chet tili (2,6 foiz), matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (1,4 foiz);

 

Qashqadaryo viloyatida maktab, kollej va oʻquv markazlarida matematika, algebra, geometriya fani oʻqituvchilariga (2,3 foiz);

 

Andijon viloyatida eng yuqori talab maktab va kollej oʻqituvchilariga (1,8 foiz);

 

Namangan viloyatida ingliz tili oʻqituvchilariga (1,7 foiz);

 

Jizzax viloyatida maktab, kollej va oʻquv markazlarida matematika, algebra, geometriya oʻqituvchilariga (1,5 foiz) talab shakllangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры