Turkiyada 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-oʻyinlar taqiqlanishi mumkin.
Kecha, 11-dekabr sanasida mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Oʻroloʻgʻlu parlamentdagi chiqishida shunday bayonot berdi.
Oʻroloʻgʻluning taʼkidlashicha, zoʻravonlik va bolalarga shafqatsizlarcha munosabat targʻib qilinayotgan, adovat qoʻzgʻovchi va boshqa salbiy kontentlar ijtimoiy tarmoqlar va onlayn-oʻyinlarni 16 yoshgacha bolalar uchun man etish masalasini koʻrib chiqishni taqozo etmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar ishlab chiqilib, tatbiq etilishi zarur.