2025-yil 1-yanvardan boshlab qaysi fan o’qituvchilariga 50 foizlik ustama toʻlanadi?

2025-yil 1-yanvardan boshlab qaysi fan o’qituvchilariga 50 foizlik ustama toʻlanadi?

2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikat uchun ham 50 foizlik ustama toʻlanadi.

 

Joriy yilning 21-fevral kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»ga farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga asosan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanishi belgilandi.