Bugun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo’lladi.
Unda shuningdek, ta’lim sohasiga qo’shimcha mablag’ ajratilishi ta’kidlangan.
“Ta’lim sohasidagi dasturlarimiz doirasida yaqin yillarda oliygohlarda qamrov 50 foizga yetkaziladi. Birgina 2025-yilda bog‘cha va maktablarni ta’mirlash va yangilarini qurish uchun davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.”