Buxoro viloyatida 23 yoshli talaba qiz universitet yotoqxonasida suitsid sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur hodisa joriy yilning 4-dekabr kuni 23 yoshli Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi J.K. institut yotoqxonasida sodir bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatma! O‘z joniga qasd qilish hech qanday vaziyatda yechim emas va bunday qarorlarni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Hayotdagi qiyinchiliklarni yengishda yaqinlaringiz bilan gaplashish yoki mutaxassislar yordamiga murojaat qilish muhimdir.