Qozog’istonda 15 yoshli o’quvchi lazer yordamida koinotga energiya uzatadigan qurilmani loyihalashtirdi

Qozogʻistonda 15 yoshli maktab oʻquvchisi lazer yordamida kosmosga energiya uzatishga qodir qurilmani ixtiro qildi. Bu haqda Qozogʻistonning “24KZ” sayti xabar bergan.

 

 

Qozogʻistonning sharqiy qismida joylashgan Abay viloyati Jezkent qishlogʻidagi maktab-litsey oʻquvchisi 15 yoshli Nurali Amangeldiyev lazer yordamida koinotga energiya uzatadigan qurilmani loyihalashtirdi.

 

 

U bolaligidan elektr energiyasini ishlab chiqarish usullari mavzusiga qiziqqan akasini kuzatgan. Shundayoq yigitda bu sohaga qiziqish paydo boʻlgan.

 

 

Nurali Amangeldiyev, 9-sinf oʻquvchisi:

 

— Oʻsha paytda men 10 yoshlarda edim. Uning issiqlik bugʻi yordamida energiya ishlab chiqaradigan stansiyani qurish jarayonini kuzatib turdim. Keyin, 3-4-yil oʻtgach, lazer yordamida energiya ishlab chiqaradigan stansiya maketini oʻzim yigʻishni boshladim. Endi men bularning barchasini takomillashtirmoqchiman, issiqlik bugʻi yordamida energiya ishlab chiqarishni ham qoʻshib, uni lazer energiyasi bilan birlashtirishni xohlayman. Issiqlik bugʻi (termopara) energiyani lazerga uzatadi, lazer esa bu energiyani boshqa kosmik stansiyalar va qurilmalarga yetkazib beradi.

 

 

Loyihaning rahbarlari oʻsmirning ota-onasi boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, Nuralining otasi ham, onasi ham maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Ular oʻgʻlining ixtirosi kosmik texnologiyalar uchun haqiqiy yutuqka aylanishi mumkinligiga ishonch bildirishgan. Shuningdek, ushbu qurilmani avtonom tarzda ishlatish va kundalik hayotda qoʻllash mumkinligi bildirilgan.

 

 

Bu loyiha hatto chet ellik olimlarning qiziqishini uygʻotdi, bu esa Nuralining onasini juda xursand qilgan.

 

 

 

Natalya Yelyubayeva, informatika oʻqituvchisi:

 

— Biz Moskva shahridagi fiztex oʻtkazgan xalqaro tanlovda qatnashdik. Bu onlayn tanlov edi. U yerda ushbu loyiha yuqori baholandi va bolada ushbu loyiha ustida ishlash uchun yanada koʻproq motivatsiya paydo boʻldi.

 

 

Bundan tashqari, oʻquvchining jamiyatga foyda keltiradigan yana boshqa loyihalari ham bor. Masalan, “Неподкупный Алпамыс” nomli oʻyin bolalarda korrupsiyaga qarshi fikrlashni rivojlantiradi. Oʻyin jarayonida oʻquvchilar doimiy ravishda tanlovga duch keladilar: pora berish yoki toʻgʻri yoʻlni tanlash. Har bir bosqichda Qonun va Maʼmuriy kodekslar moddalari hamda Abayning “Nasihat soʻzlari” dan iqtiboslar beriladi. Kerakli maʼlumotlarni Nurali otasi bilan birga tanlab olgan.

 

 

 

Kanat Yelyubayev, tarix va huquq oʻqituvchisi:

 

— Dekabr oyida Nurali respublika tanlovida qatnashib, 1 million tenge grantga ega boʻldi. Bu mablagʻ loyihani kengaytirish uchun ajratilgan. Biz uni yaqin kunlarda yakunlaymiz va respublika darajasida tarqatmoqchimiz. Shuningdek, uni telefon formatiga oʻgirib, bolalar internetdan osongina yuklab olishi mumkin boʻlishiga erishmoqchimiz.

 

 

 

Qayd etish joizki, Abay viloyatida 200 ga yaqin maktab oʻquvchilari tadqiqot loyihalari bilan shugʻullanmoqda. Iqtidorli yoshlarning ilmiy ishlari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani aytilgan.

 

 

 

Saltanat Zamanbayeva, Taʼlim boshqarmasi matbuot kotibi:

 

— Yaqin kunlarda bizda respublika tadqiqot loyihalari tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtadi. U oʻquvchilarning tadqiqot koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish, ularning ijodiy qobiliyatlarini charxlash va ilmiy ishlarini taqdim etish imkonini beradi.

 

 

Hozirda Nurali Amangeldiyev 9-sinfda oʻqiydi. U maktabni tamomlagandan soʻng, Semey shahridagi IT oliy kolledjga oʻqishga kirib, oʻz koʻnikmalarini takomillashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgani taʼkidlangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры