Milliy gvardiya xodimlari maktabga bormagan oʻquvchilarning ota-onasiga jarima qoʻllashga haqlimi?

 

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.

 

 

Shu bilan birga ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga koʻra voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

 

• bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi;

 

• bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish shart.

 

 

Shuningdek, Oila kodeksining 73-moddasiga koʻra ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Shu bilan birga ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir.

 

 

Shuni ham aytish kerakki, agar ota-ona mazkur majburiyatlarni bajarmasa yoki boʻyin tovlasa, bunday holatda ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi:

 

 

-bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravari (375 ming soʻmdan 1 mln 875 ming soʻm)gacha jarima solishga sabab boʻladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры