Quyidagi sabablarga ko’ra, o’qishni “Qishki perevod” orqali ko’chirish mumkin.
-Boshqa viloyatga turmushga chiqqani sababli o’sha hududga o’qishini ko’chirishi (o’zining yo’nalishiga yoki mos va turdosh yo’nalishga ko’chirishi, xoxlasa ta’lim shaklini ham o’zgartirib ko’chirishi ham mumkin);
-Ota-onasi yoki turmush o’rtog’i davlat xizmatchisi bo’lib, ularning doimiy ish koyi boshqa viloyatga ko’chirilgani sababli (bunda ham yuqoridagi singari shakllarda perevod qilish mumkin);
-Faqatgina davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga uzrli sababga ko’ra tegishli tartibda ko’chira olish.
Quyidagilar mumkin emas:
-Ichki perevod (bir oliygoh ichida ta’lim yo’nalishini yoki ta’lim shaklini o’zgartirish);
-Bir hudud doirasida boshqa oliygohga ko’chirish (masalan bir viloyatdagi boshqa oliygohga o’qishni ko’chirish);
-Xorijiy yoki respublika hududidagi ularning filiallaridan o’qishni ko’chirish;
-Davlat oliygohlaridan xususiy oliygohlarga o’qishni ko’chirish;
-Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o’qishni ko’chirish;
-Xususiy oliygohlar o’rtasida o’zaro o’qishni ko’chirish harakatlari;
-Xususiy oliygoh bilan bog’liq har qanday o’qishni ko’chirish jarayonlari;
-Xorijdan davlat yoki xususiy oliygohlarga o’qishni ko’chirish.
Ma’lumot uchun: Qishki qabul jarayonlarida o’qishni ko’chirish hech qanday maxsus imtihonlariz o’tkaziladi. Taqdim etilgan hujjatlar vazirlik komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilib, shunga asosan xulosa beriladi.