2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi
Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
-aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
-ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
-davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
-davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
2024-yil oxiriga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.