Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yil nomini ma’lum qildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va Abdulla Nigmatovich Aripov Bosh vazir lavozimiga tasdiqlandi.

 

Yig’ilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, Hukumat a’zolari, markaziy muassasalar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

 

Shuningdek, majlis davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

 

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры