Fizika va kimyo o‘qituvchilariga kabinet mudirligi lavozimi vaqtincha yuklatilishi to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 30-avgustdagi №288-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim sohasida samaradorlikni oshirish va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘iga o‘zgartirishlar kiritilgan.

 

Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra, laborant lavozimlari bekor qilinib, ularning vazifalari fizika va kimyo fani o‘qituvchilariga yuklatilgan. Shuningdek, kabinet mudiri sifatida ishlagan o‘qituvchilarga har oy qo‘shimcha haq to‘lanadi.

 

Demak, kabinet mudirligi lavozimi o‘qituvchilarga muntazam ravishda yuklatiladigan vazifa hisoblanadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры