Joriy yilning 29-oktyabridan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari ushbu manzillarda oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Shuningdek, 29-oktyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari, 30-31-oktyabr kunlari matematika va fizika, 1-4-noyabr kunlari boshlangʻich taʼlim, 9-noyabr kuni tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlari, 11-12-noyabr kuni ingliz tili, koreys tili, xitoy tili va yapon tili fanlari, 13-noyabr kuni rus tili (milliy), rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, qirgʻiz tili va adabiyoti fanlari, 14-noyabr kuni tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun) hamda texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi-oʻgʻil bolalar uchun) fanlari hamda 16-noyabr kuni Madaniyat vazirligi tasarrufidagi va badiiy akademiya tizimidagi taʼlim tashkilotlari (bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda ixtisoslashtirilgan sanʼat-maktablari (maktab-internatlari)ning oʻqituvchilari uchun attestatsiyada test sinovlari boʻlib oʻtishi haqida maʼlumot bergan edik.
18-noyabr kuni mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, nemis tili va fransuz tili fanlari pedagoglari ishtirok etadilar.
Quyidagi roʻyxatlar orqali pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin: