Toshkent viloyati yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tungi vaqtda piyodalar ishtirokida yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida tahlillar asosida tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joylari, yoʻl-transport hodisa oʻchoqlari va avtomobil yoʻllarining xavfli hududlariga oʻrnatish uchun nur qaytaruvchi odam maketlari olib kelindi.
Namunalar qariya va yosh bolalar ko’rinishida bo’lib, tunda nur qaytarish xususiyatiga ega.
Quyida, maketlar ko’rinishidan nusxalarni tomosha qilishingiz mumkin.