Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazirga murojaat yo‘llagani aytilmoqda

Xalq Taʼlim Info saytining xabar berishicha, yangi baholash tizimidan norozi boʻlgan keng jamoatchilik faollari Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri Hilola Umarovaga murojaat yoʻllagan.

 

Taʼlim sifatidan va turli tajribalardan norozi bo’lgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, Facebook messengerida quyidagicha xabar qoldirishgan.

 

Biz Taʼlim vazirligi bilan, joriy etilgan 100 ballik tizim va COP va SOC testlari boʻyicha muammoni hal qilmoqdamiz. Darsliklar, oʻqituvchilarning yetishmasligi haqida juda koʻp savollar mavjud. Telegramda guruhimiz 3000 ming ota-onalarni toʻpladi. Yigʻilishda xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari ham bor edi.  Biz vazir Xilola Umarovaga xat yubordik. Biz javobni kutmoqdamiz. Javobni Facebook-da eʼlon qilaman.

 

Maʼlumki, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab esa mazkur maktablarning har biriga 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi 1 500 taga oshirilgan.

 

Joriy oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi ham joriy etilgan.

 

“Mezonlarga asoslangan” deya nomlangan ushbu baholash tizimi avvalroq Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilinib, tajribadan oʻtkazilgandi.

 

Yangi baholash tizimi 1 500 ta maktabda joriy etilgach, ushbu tizim kamchiliklari haqida ayrim oʻqituvchi va ota-onalar turli xil eʼtirozlar bildira boshladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры