Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyati So‘x tumanida joylashgan 29-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Shohro‘z Mo‘minzoda attestatsiya jarayonlarida 100 ballni qo‘lga kiritib, oliy toifaga ega bo‘ldi.
Bundan oldin ham Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi attestatsiya sinovidan 96 ball, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball va Gʻijduvon tuman 6-umum taʼlim maktabi Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Yarasheva Umida Orziboyevna qizi 94 ball olgani haqida xabar bergan edik.