Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumanidagi 54-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchi qizlari oʻrtasida katta janjal boʻlgani tasvirlangan video tarqaldi.
Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilgan. Bu boʻyicha Xoʻjaobod tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
“Aniqlanishicha: 2024-yil 2-noyabr kuni soat taxminan 13:00 lar chamasida 05.06.2008-yilda Andijon shaxrida tugʻilgan, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFYda yashovchi D.R. ismli qiz singlisi Andijon shaxrida tugʻilgan, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFY da joylashgan Andijon shaxar XTB ga qarashli № 54-sonli maktabining 8-sinf oʻquvchisi. Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFYda yashovchi 30.11.2010-yilda R.X. dugonalari bilan urushganligini eshitib, Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi MFY, Obod koʻchasiga borganligi, shunda tarafma-taraf boʻlib urushayotganligini koʻrib singlisini dugonasi M. bilan R. ismli qizlarning urushayotgan xolatni oʻzining uyali telefoniga videotasvirga olib, oʻzining instagram tarmogʻidagi sahifasiga joylashtirganligi maʼlum boʻldi.
Janjalning sababi: M.M. ismli qiz oʻzining instagram ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali tanishgan yigiti bilan R.I. ismli qizning ijtimoiy tarmoq orqali gaplashib qoʻyganligi sababli, telefonda janjallashib ketgan. Shunga koʻra Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27-yilligi xududida koʻrishib gaplashib olmoqchi boʻlishgan, ular birga sinfdoshlarini yetaklab kelgan, shu vaqtda ular oʻrtasidagi janjal urushga aylanib ketgan.
Yuqoridagi xolat boʻyicha barcha gumonlanuvchilar aniqlanib, Xoʻjaobod tumani IIB Navbatchilik qismi “E-material” bazasidan roʻyxatdan oʻtkazilib, Xoʻjaobod tumani IIB masʼul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.