Psixologlar shtat qisqarishi tufayli ishdan bo‘shatilgan taqdirda, ular boshqa ish bilan ta’minlanishi kerakmi?

Qisqartirish asosida xodimni ishdan bo‘shatishdan avval unga boshqa ish taklif etilishi zarur.

 

Mehnat kodeksining 144-moddasiga binoan, agar xodim mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan vazifasini obyektiv sabablarga ko‘ra davom ettira olmasa, ish beruvchi xodimga mutaxassisligi va malakasiga mos keladigan boshqa lavozimni taklif qilishi shart. Agar bunday ish mavjud bo‘lmasa, xodimga mavjud boshqa ishni taklif etishi lozim.

 

Shu sababli, mazkur holatda ham psixolog lavozimidagi xodimga boshqa ish taklif qilinishi talab etiladi. Ish beruvchi ushbu vaziyatda psixolog uchun mavjud bo‘lgan boshqa lavozimlarni ko‘rib chiqishi kerak.

 

Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, mulkchilik shaklidan yoki idoraviy mansubligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar ish beruvchi sifatida qaraladi. Shu jumladan, ushbu kodeksning 46-moddasi bo‘yicha tashkilot rahbari ish beruvchi vakili sanaladi.

 

Psixolog lavozimi tuman MMTB lavozim nomenklaturasiga kirgani uchun, ushbu holatda MMTB mudiri psixolog uchun boshqa ishni taklif etishi lozim.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры