“Menejerlik o‘quv kursi” yakunida maksimal ball to‘plagan  direktor o’z fikrlari bilan bo‘lishdi

Bilim daraja va kasbiy mahorat baholash markazi qoshida ochilgan “Menejerlik o’quv kursi” ning yakuniy test imtihonida amaldagi direktor 60 dan 60 ball olgan. Bu haqda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti matbuot xizmati ma’lum qilgan.

 

 

Yaqinda “Menejerlik o’quv kursi” da o’qigan pedagoglar uchun yakuniy test va amaliy topshiriq bo’yicha imtihonlar bo’lib o’tdi. Kurs bitiruvchilari 25 ta test savollar hamda amaliy qismidan ma’lum bir keys asosida taqdimot topshirishgan.

 

Maksimal ball – test uchun 60, amaliy qismidan – 40 ballni tashkil etadi.

 

 

Test sinovidan maksimal 60 ballni qo’lga kiritgan amaldagi rahbar Sevara Qarshiboyeva kurs bo’yicha fikrlari bilan bo’lishdi.

 

“Taqdimot o’tkazilgan xonalarda kameralar bo’lib, jarayonlar yozib olindi. Yaxshi tayyorlangan nomzodlar amaliy qismidan 40 ballni qo’lga kiritishdi. To’plagan balidan norozi pedagoglar esa qayta appelyatsiyaga berib, kerakli ballni qo’lga kiritishdi.

1 oylik o’quv jarayonlarida biz maktabni qaysi tamoyillar asosida boshqarish kerakligi, oldinga qo’yiladigan maqsad va vazifalarni o’rgandik. Shuningdek, kelgusidagi ish jarayonida qo’llashga kerak bo’ladigan bilimlarni oldik”.

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 27.08.2024-y. 531-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustama toʻlanadi.

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.

 

 

Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan va ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры