2024-yilning 29-oktyabr kuni 21:00 dan keyin Surxondaryo viloyatidagi 16 qavatli uyda fojiali hodisa yuz bergan. Unda 11-sinfli o’quvchi qiz 6-qavatdan pastga yiqilib, olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma o‘z oilasi bilan 2023-yil boshida ushbu binoning 13-qavatiga ko‘chib kelgan. Mahalla faollari uning oilasini namunali oilalardan biri sifatida ta’riflagan.
Marhuma Denov tumanidagi 82-maktabda tahsil olgani aytilgan. O‘qishdagi muvaffaqiyatlari, tirishqoqligi, hamda o‘z tengdoshlari bilan muammosiz munosabatda bo‘lishi bilan e’tibor qozongan. U oilaning katta farzandi bo‘lib, o‘qishdagi faoliyati va xulq-atvori bilan o‘rnak ko‘rsatib kelgan.
Mazkur hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.