Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasining ma’lum qilishicha, ta’lim muassasalarida o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha havo harorati quyidagicha bo‘lishi kerak:
–Yengil jismoniy ish uchun — kamida 21°C;
–O‘rtacha og‘irlikdagi ish uchun — kamida 17°C;
–Og‘ir jismoniy ish uchun – kamida 16°C;
–Fizika laboratoriyalari uchun harorat 18°C – 21°C oralig‘ida;
–Havoning nisbiy namligi esa 40 – 60% bo‘lishi tavsiya etiladi.
Shuningdek, Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.