Maktablardagi pedagoglar malaka oshirishga borish tartibi qanday?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom qoidalariga ko‘ra malaka oshirishda imtiyoz mavjud emas.

Shuningdek, nizomga ko‘ra pedagog xodimlar har yili malakasini oshirishi lozim.

 

Nizomning 63-bandiga ko‘ra xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Shunga ko‘ra maktabda kimlar malaka oshirishini maktab rahbariyati hal qiladi.

 

Bunda xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi (nizom 66-band).

 

Malaka oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi pedagog xodimlar uchun 36 soatni tashkil etadi.

 

Bunda nizomning 68-bandiga ko‘ra har yili 5-oktyabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilindi.

 

Ushbu jarayonda nizom 69-bandiga ko‘ra xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktyabridan 15-oktyabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlab, malaka oshirish kurslariga qatnashi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры