Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, bugungi kunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Usmon Sharifxodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida Usmon Sharifxodjayevni kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirlik jamoasi uning kelgusi kasbiy faoliyatida katta muvafaqqiyatlar tiladi.
Shu oʻrinda Usmon Sharifxodjayev ham oʻtgan vaqt davomida barcha hamkasblar bilan hamjihat mehnat qilganligini taʼkidlab oʻtdi hamda buning uchun vazirlik jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirdi.