Ta’lim tashkilotlarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tish tartibi haqida batafsil
O’zbekiston Respublikasi “Ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonunning 58-moddasiga muvofiq,O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Uning tartibi quyidagicha:
  • o‘rta maxsus, professional, oliy ta’limni va oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari, bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga, shuningdek ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatidan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;
  • attestatsiya va kompleks davlat akkreditatsiyasi ikki bosqichda — ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash va tashqi baholash bosqichlarida o‘tkaziladi;
  • Ichki baholash – ta’lim tashkilotining o‘zini-o‘zi baholashidir;
  • tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan baholashdir;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida tashkil etilgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilgan ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan kundan e’tiboran belgilangan muddatga akkreditatsiya qilingan hisoblanadi;
  • maktabgacha, umumiy o‘rta ta’limni amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari tegishli litsenziya olingan kundan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddat davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu Qonunda belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi;
  • ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish maqsadida ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyalari tuziladi;
  • ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari respublikada tan olinadigan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi va ularning reyestrlarini yuritadi;
  • davlat akkreditatsiyasi ta’lim tashkilotining attestatsiyasi asosida, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyalari esa tashqi baholash asosida amalga oshiriladi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat akkreditatsiya komissiyasi ta’lim tashkilotining maqomini va uning faoliyati davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga va o‘quv dasturlariga muvofiqligini aniqlaydi;
  • ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, unga davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus akkreditatsiyalarning amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
  • ta’lim tashkiloti qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan hollarda davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishi ta’lim sohasidagi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organining qarori bilan tugatiladi;
  • ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yoki sertifikatda ko‘rsatilgan shartlar buzilganligi aniqlangan va aniqlangan qoidabuzarliklar ta’lim tashkiloti tomonidan bartaraf etilmagan hollarda ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan davlat akkreditatsiyasi, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiya to‘g‘risidagi sertifikatning amal qilishini bekor qilish haqida qaror qabul qiladi;
  • davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim tashkilotlari Ta’lim tashkilotlarining reyestrlariga kiritiladi va bu haqdagi ma’lumotlar ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры