“Taʼlim vazirligini tinch qoʻymaymiz” — Alisher Qodirov
Prezident oldida chiqish qilgan “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligini tinch qoʻymasligini aytdi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini joriy qilmoqchi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.