O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli (30.09.2024-yildagi 346-son) qaroriga muvofiq, nufuzli xalqaro olimpiadalar, xalqaro olimpiadalar va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar uchun to’lanadigan pul mukofotlari miqdori ma’lum qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq, olimpiadalar g’oliblari va sovrindorlarning o’qituvchilari hamda terma jamoa rahbarlari quyidagi miqdorda ajratiladigan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o’rin (oltin medal):
G’olib:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 500 baravar
– Xalqaro olimpiada: 150 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 12 baravar
O’qituvchi:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 450 baravar
– Xalqaro olimpiada: 50 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 50 baravar
Terma jamoa rahbari:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 35 baravar
2-o’rin (kumush medal):
G’olib:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 300 baravar
– Xalqaro olimpiada: 100 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 10 baravar
O’qituvchi:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 250 baravar
– Xalqaro olimpiada: 35 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 35 baravar
Terma jamoa rahbari:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 25 baravar
3-o’rin (bronza medal):
G’olib:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 200 baravar
– Xalqaro olimpiada: 50 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 5 baravar
O’qituvchi:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 150 baravar
– Xalqaro olimpiada: 30 baravar
– Mintaqaviy xalqaro olimpiada: 30 baravar
Terma jamoa rahbari:
– Nufuzli xalqaro olimpiada: 15 baravar
“Ushbu ma’lumotlar nufuzli xalqaro olimpiadalar ro’yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangandan keyin amalda qo’llaniladi”, – deyiladi qarorda.
Qayd etish lozim, qarorda keltirilgan mukofot pullari bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan hisoblangan.