Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi. 2024-yil 1-yanvardan boshlab pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy etildi.
Yangi tartibdagi oʻtkaziladigan attestatsiyada ham ikki bosqich (80+20=100 ball) natijasi qoʻshilib quyidagi tartibda qaror chiqariladi:
Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➡️ 80 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
➡️ 80 balldan past koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) ga tushirilsin”;
Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➡️ 80 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
➡️ 70 balldan 79 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa – «Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlansin»;
➡️ 70 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) ga tushirilsin”;
Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➡️ 70 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (etakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin”;
➡️ 60 balldan 69 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin”;
➡️ 60 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin”;
Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:
➡️ 60 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa – «Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilsin»;
➡️ 55 balldan 59 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlansin”;
➡️ 55 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa – “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas.
Eslatma! Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.