Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:
– informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
– matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
– boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
– oʻzbek tili (Davlat tili), ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
– kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
– tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
– fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
– rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
– jismoniy tarbiya, tasviriy sanʻat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
– maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);
Shuningdek quyidagi fanlar 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi:
– musiqa adabiyoti va tarixi,
– musiqa nazariyasi,
– sanʻat tarixi,
– amaliy sanʻat,
– etika va estetika,
– akademik xonandalik,
– anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik),
– anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi,
– arxitektura dizayni,
– axborot texnologiyalari asoslari,
– badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi,
– badiiy kashtachilik usta-rassomi,
– badiiy kulolchilik usta-rassomi,
– badiiy naqqoshlik usta-rassomi,
– badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi,
– baxshichilik sanʼati,
– charm buyumlari dizayneri,
– damli cholgʻular ijrochiligi,
– damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon),
– dastgohli rangtasvir rassomi,
– drama teatri va kino aktyorligi,
– estrada cholgʻulari ijrochiligi,
– estrada xonandaligi,
– folklor ijrochilik sanʼati,
– fortepiano ijrochiligi,
– grafika rassomi,
– haykaltaroshlik,
– interyer dizayni,
– kino va televideniya rassomi,
– kompozitsiya,
– kompyuter grafikasi va dizayn,
– konsertmeyster (Joʻrnavoz),
– lak miniatyurasi rassomi,
– landshaftlar va atrof muhit dizayneri,
– liboslar dizayni,
– mahobatli rangtasvir rassomi,
– musiqiy teatr aktyorligi,
– mutaxassislikka kirish,
– ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori,
– qalamtasvir,
– rangtasvir,
– qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi,
– rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi,
– rassom-fotograf,
– sanoat dizayni, .
– sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish),
– tarbiyaviy ishlar metodikasi,
– tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi,
– tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik),
– teatr sanʻati,
– teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi,
– teatr sanʼati butafori rassomi,
– texnogen sanʼati,
– torli cholgʻular ijrochiligi,
– umumiy fortepiano,
– vokal sanʻati,
– xalq cholgʻulari ansambli,
– xalq raqsi ijrochisi,
– xonandalik,
– xor dirijyorligi,
– xoreografiya (Xalq sahna raqsi),
– zarbli cholgʻular.
Eslatma! Attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladigan joy manzillari haqida ma’lumot bergan edik.