O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi? - Ta’lim xabarlari
O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning yozishicha, oʻqituvchilarning oyligi qachon tushishi haqida vazirlikning mas’ul xodimlaridan javob olgan. 

 

Ma’lumotlarga koʻra, barcha texnik nosozliklar o‘z yechimini topgan va o‘qituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan.

 

“Ayni daqiqalarda moliya masalalariga mas’ul barcha xodimlar ishda va maksimal darajada barcha hududlardagi xodimlarga oylik ish haqini ulgurishsa ertalab tonggacha, yoki uzog‘i ertaga tushirishga harakat qilishmoqda.

 

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 50% ga yaqin xodimlarga oylik ish haqi hisoblab, o‘tkazib bo‘lingan (banklarda ish kuni yopilgani uchun, plastik kartada ertalab ko‘rinishi mumkin).

 

Xulosa qilib aytganda, ertaga barcha o‘qituvchilarning ish haqlari egalariga yetib boradi, Xudo xohlasa”,- deydi Xushnudbek

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры