Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti ajratildi.

Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:

 

a)shaxsini tasdiqlovchi xujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud bobo­-momosi;

 

etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;

 

O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lishi;

 

b) xorijiy fuqaro sifatida yuqorida qayd etilgan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;

 

v) 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;

 

g) o‘zbek tilini bilishi lozim.

 

Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi.

 

Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:

 

a) kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim muassasasi tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;

 

natijalari oliy ta’lim muassasalari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;

 

b) kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Maxsus tanlovlar natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan talabgorlar tanlov yo‘nalishlari kesimidagi o‘rinlarga muvofiq davlat granti sovrindori hisoblanadi.

 

O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlari mavjud oliygohlar roʻyxati

 

1. Buxoro davlat pedagogika instituti

2. Buxoro davlat universiteti

3. Chirchiq davlat pedagogika universiteti

4. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

5. Fargʻona davlat universiteti

6. Guliston davlat pedagogika instituti

7. Guliston davlat universiteti

8. Jizzax davlat pedagogika universiteti

9. Milliy rassomlik va dizayn instituti

10. Namangan davlat pedagogika instituti

11. Namangan davlat universiteti

12. Navoiy davlat pedagogika instituti

13. Nukus davlat pedagogika instituti

14. Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti

15. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

16. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

17. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

18. Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali

19. Oʻzbekiston Milliy universiteti

20. Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti

21. Qarshi davlat universiteti

22. Qoʻqon davlat pedagogika instituti

23. Qoraqalpoq davlat universiteti

24. Samarqand davlat chet tillar instituti

25. Samarqand davlat universiteti

26. Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali

27. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

28. Shahrisabz davlat pedagogika instituti

29. Termiz davlat pedagogika instituti

30. Termiz davlat universiteti

31. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

32. Toshkent davlat pedagogika universiteti

33. Urganch davlat pedagogika instituti

34. Urganch davlat universiteti

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры