Talabalarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi, lekin... - Ta’lim xabarlari
Talabalarning kontrakt puli davlat tomonidan qoplab beriladi, lekin…

Respublikamizdagi professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida ta’lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

 

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;

 

Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;

 

Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;

 

Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;

 

ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;

 

– oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;

 

– nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;

 

– oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

 

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganlar bundan mustasno).

 

O‘quvchi-talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etishi lozim.

 

Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi.

 

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.

 

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

 

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

 

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.

 

Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida belgilangan miqdordagi to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional ta’lim yoki oliy ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры