Pedagoglar malaka test sinovi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda! - Ta’lim xabarlari
Pedagoglar malaka test sinovi bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim telegram kanallar orqali 2024-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.

 

 

Bu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini ma’lum qilgan holda pedagoglardan mazkur xabarlarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolamiz.

 

Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.

 

Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar , shu jumladan test sinovlarining o‘tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры